60

Hurmatli ilm ahli, aziz ustozlar va murabbiylar! Avvalo, Sizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni “Ijtimoiy fikr” RJFO‘M jamoasi Siz, azizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan muborakbod etadi!

Aziz ustozlar — jamiyatimizning ma’naviy va intellektual taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shayotgan ziyolilarsiz. Ilm va ma’rifat tarqatish yo‘lidagi fidoyiligingiz, shogirdlaringizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdagi mas’uliyatingiz va sabr-toqatingiz tahsinga sazovordir.

Har biringiz o‘quvchilarga bilim beribgina qolmay, ularni insoniy fazilatlarga, ma’rifatga va oliy maqsadlarga yetaklamoqdasiz. Sizlarning mehnatingiz sabab, bugun yoshlarimiz sport hamda ilm-fan dunyosini zabt etmoqda, jamiyatimizda ma’rifatli avlod shakllanmoqda. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatorida munosib o‘rin egallamoqda, yoshlarimiz erishayotgan yutuqlari natijasida davlatimiz bayrog‘i ko‘klarga ko‘tarilmoqda.

Xurmatli ustoz va murabbiylar sizlarning bergan bilim va tajribangiz, iste’dod va mahoratingizga suyanamiz. E’tirof etmoq kerak, Sizlar – millat kelajagining qudratli zamini, yoshlarning aql va ma’rifatga yetaklovchi bo‘ylagisiz. Har biringiz ilmning beshigi, ma’naviy komillikning yo‘lboshchisisiz. Sizning fidoyiligingiz va sabr-toqatingiz hech qachon unutilmaydi.

Markazimiz barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etib, shu sharafli kasbingizda muvaffaqiyatlar tilaydi. Har qadamingizda e’zoz va hurmat siz bilan bo‘lsin. Ustoz bo‘lish kabi buyuk vazifani bajarishda sizlarga mustahkam sog‘lik, sabr-toqat, yorqin yutuqlar tilaydi. Shogirdlaringiz sizlarning nomingiz bilan faxrlanib, erishgan muvaffaqiyatlari bilan quvontirsinlar! Ilm yo‘lidagi barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin, hayotingizda esa tinchlik va farovonlik hukm sursin!

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar va murabbiylar!

“Ijtimoiy fikr”

respublika jamoatchilik fikrini

o‘rganish Markazi