27.07.2024
136
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashabbusi bilan hamda Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagi yordamida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati mexanizmlaridan foydalanish koʻnikmalarini oshirish” mavzusida uch kunlik seminar-trening tashkil qilindi.
Mazkur treningda 40 dan ortiq OAV mutaxassislari, NNT va jamoatchilik kengashi vakillari shuningdek, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tezkor tadqiqotlar boʻlimi rahbari Mansur Seitov ham ishtirok etdi.
Seminar-treningni Tuxtasheva Umida Abdilovna – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari, Akiko Fujii – BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili ochib berishdi.
Trening Oʻzbekistonda korrupsiya mavzusining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi: tendensiyalar va muammolar toʻgʻrisida fikr almashish, ochiq manbalardan foydalangan holda tadqiqotlar oʻtkazish, korrupsiya holatlari boʻyicha jurnalist surishtiruvi olib borish, jurnalist etikasi, maqola tayyorlashda faktlarni tekshirish kabi mavzularni qamrab oldi.
Shuningdek, trening davomida Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan Global Media Strategiyalari: xorijiy davlatlar tajribasi asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Strategiyasiga takliflar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish boʻyicha tashqi aloqa strategiyasi yuzasida fikr mulohazalar eshitildi.
Tadbirning uchinchi kunida Jamoatchilik monitoringini tashkil etish mexanizmlari va bosqichlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha NNT va OAV vakillarini malakasini oshirish va amaliy koʻnikmalar berishga qaratilgan loyiha taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.