05.07.2024
224
Joriy yilning 3 iyul kuni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi, tezkor tadqiqotlar boʻlimi rahbari Seitov Mansur Sherikbayevichga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 28-iyundagi 356/1 — son bayonnomasiga binoan sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.
Seitov Mansur Sherikbayevich “Yoshlarning hayotiy pozitsiyalarini oʻrganishning innovatsion usullarini joriy etish xususiyatlari” mavzusida yozilgan ilmiy ishini, Alekseyeva Viktoriya Sergeyevna ilmiy rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi ilmiy darajalarni berish boʻyicha DSc.20/30.12.2019.S.23.02 ilmiy kengashining yigʻilishida muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Mansur Sherikbayevich, Markazimiz jamoasining koʻz oʻngida kamol topgan u yillar davomida qilgan samarali mehnati, gʻayrat-shijoati, tinimsiz izlanishlar va ilm yoʻlida chekkan zahmatlari sharofati bilan munosib ravishda falsafa doktori darajasiga erishdi!
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi xodimlari nomidan Seitov Mansur Sherikbayevichni qutlaymiz hamda sotsiologiya sohasidagi mehnat va ilmiy faoliyatingizni sharaf bilan davom ettirib, yanada yuqoriroq darajalarga erishishingizga tilakdoshmiz. Sizga mustahkam sihat-salomatlik va omad hamisha yor boʻlsin! Baxtingizga yaqinlaringiz, oilangiz va farzandlaringiz doimo omon boʻlishsin! Ismingizga munosib ravishda faqat olgʻa intiling!