05.02.2026
30
“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi mamlakat aholisi oʻrtasida “Aholining nodavlat notijorat tashkilotlarini idrok qilishi va ular bilan oʻzaro hamjihatligi” mavzusida yangi keng koʻlamli sotsiologik tadqiqotni boshladi.
Ushbu tadqiqot fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining jamiyat hayotidagi oʻrnini ilmiy asosda baholash, aholining NNTlar haqidagi xabardorlik darajasini, ularga boʻlgan munosabatini hamda ishonch koʻrsatkichlarini aniqlashga qaratilgan.
Tadqiqotni oʻtkazishdan maqsad aholining nodavlat notijorat tashkilotlari haqidagi bilim va tasavvurlarini chuqur oʻrganish, NNTlarning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi hissasiga berilgan baholarni tahlil qilish, fuqarolarning mazkur tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aniqlash hamda olingan natijalar asosida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot doirasida aholining NNT faoliyati haqida axborot olish manbalari, jamiyat uchun eng dolzarb sohalarda NNTlar samaradorligi, shuningdek, ular rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan ijtimoiy va tashkiliy omillar haqida fuqarolarimizning fikr mulohazalarini oʻrganishdan iborat.
Sotsiologik soʻrov respublika hududlari kesimida turli yosh guruhlari va ijtimoiy qatlam vakillari ishtirokida olib borilmoqda.


