08.01.2025
11
“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan mamlakatimiz fuqarolari oʻrtasida “Fuqarolar vatan himoyachilari kuni toʻgʻrisida” mavzusida sotsiologik soʻrov oʻtkazilishni boshlandi.
Har yili 14 yanvar kuni mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlanadi. Bu bayram nafaqat davlat ramzi, balki mardlik, vatanparvarlik, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashdagi fidoyilikning ramzi sifatida katta ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, mazkur tadqiqot orqali biz fuqarolarning bayramga boʻlgan munosabatini, Vatanga sadoqat tuygʻusini, milliy armiyamiz, Qurolli kuchlar haqidagi fikr-mulohazalarini bilishdir.
Soʻrovnomada vatan himoyachilari kuni fuqarolar uchun nima bilan ahamiyatliligi, vatan tushunchasi va shaxsiy assotsiatsiyalar yaʼni, “Vatan“ soʻzi mamlakatimiz fuqarolarida qanday tuygʻular va tasavvurlar uygʻotadi, bu shaxsiy oila bilan bogʻliqmi, mahalla yoki kengroq mamlakat bilanmi kabi savollar boʻlib, armiyaning ahamiyati va Qurolli Kuchlarga munosabati, fuqarolarning harbiy xizmatga yondashuvi, harbiy kasbning nufuzi va jamiyatdagi oʻrni haqidagi fikrlarini oʻrganish, armiyaning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyatini baholash imkonini yaratadi.