70

Yangi yil kirib kelishiga xam bir necha sanoqli kunlar qoldi, barcha yurtdoshlarimiz ushbu bayramni oʻzgacha koʻtarinki kayfiyatda kutishadi. Yangi yil bayrami dunyo boʻylab nishonlanadigan bayram boʻlib koʻpchilik kattalar va bolalar uchun eng sevimli bayramlardandir. Bayram shukuhi shahar koʻchalarida va koʻngilochar joylarda dekabr oyining oʻrtalaridan boshlab sezilib turadi, archa daraxtlari bezatilgan rang-barang chiroqlar koʻchalarda charogʻon nur sochib turibdi insonlar yuzida bayramona kayfiyat barq urib turibdi. Hamma joyda bayramona muhit hukmron.

Bugun 25 dekabr kuni “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida aholi oʻrtasida “Fuqarolarning Yangi yil arafasidagi kayfiyati” mavzusida soʻrovi oʻtkazish boshlandi. Ushbu soʻrovni oʻtkazishdan maqsad mamlakatimiz fuqarolarining kayfiyatlarini yangi yil bayramiga nisbatan munosabatlarini bilish, kuzatayotgan yilimiz ularda qanday taʼsurotlar qoldirganligi hamda yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramini qanday oʻtkazishni reja qilayotganliklari, kirib kelayotgan 2024 yildan nimalarni kutayotganliklarini aniqlashdir.