09.08.2024
102
Biz sen bilan faxrlanamiz, Ulugʻbek!
Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi, 2020 yilgi olimpiada oʻyinlari gʻolibi, Ulugʻbek Rashitov Parijda oʻtkazilayotgan 2024-yozgi olimpiada oʻyinlarida ikkinchi oltin medal sohibi boʻldi.
22 yoshli taekvandochi Ulugʻbek Rashitov yozgi olimpiya oʻyinlarining 1/16 finalida Hong konglik sportchi Lo Wai Fungga qarshi dayanga tushdi va 2:0 (12:0, 9:2) hisobida gʻalaba qozondi. Chorak finalda unga xitoylik Liang Yushuai raqiblik qildi. Liang Yushuai 0:2 (1:2, 2:9) hisobida magʻlub boʻldi. Ulugʻbek Rashitov Ispaniyalik raqibi Javier Perez Poloni yengib final bosqichiga oʻtdi. Finalda 2:0 hisobida Iordaniyalik raqibi Zaid Karimni magʻlubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor boʻldi.
Ulugʻbek Ismatullaevich Rashitov 2020-yilgi hamda 2024-yilgi ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbek taekvondochisi sifatida tarixga kirdi.
Eng quvonchlisi, Ulugʻbek Rashitov sharafiga Parijda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi barcha yurtdoshlarimizni hamda Oʻzbekiston iftixori Ulugʻbek Rashitovni ushbu yorqin gʻalaba bilan muborak etadi. Yutuqlaring bardavom boʻlsin Ulugʻbek!