117

Joriy yilning 16 may kuni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazida Yetakchi tashkilot sifatida “Janubiy Orolboʻyi xotin-qizlar gender tengligini taʼminlashning ijtimoiy madaniy xususiyatlari” mavzusida, sotsiologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi ilmiy muhokamadan oʻtkazildi.

Mazkur ilmiy muhokamada, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi ilmiy kengash jamoasi dissertatsiya mavzusini keng muhokamadan oʻtkazib, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi Seitova Zuxraxon Pirjanovna tomonidan tayyorlangan “Janubiy Orolboʻyi xotin-qizlar gender tengligini taʼminlashning ijtimoiy madaniy xususiyatlari” mavzusidagi, 22.00.02 — Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi ixtisosligi boʻyicha, sotsiologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini himoya qilishga tavsiya etildi.