14.02.2024
203
2024 — yil 15 fevral kuni “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” davlat dasturi doirasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitet “Sotsiologiya” va “Ijtimoiy ish” talabalari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar oʻtkaziladi.
2024 yilning 15 fevral kuni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy ish” va “Sotsiologiya” kafedrasi hamkorligida, 2024 — yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” davlat dasturi doirasida Milliy universitetning “Sotsiologiya” va “Ijtimoiy ish” magistrlari hamda talabalari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar oʻtkaziladi.
Ilmiy-amaliy seminar master klass tarzida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu seminarni oʻtkazishdan maqsad “Ijtimoiy fikr” markazi va Milliy universitet hamkorligini yanada rivojlantirish magistrlar hamda talabalarga zamonaviy sotsiologik tadqiqotlarni oʻtkazish metodikasini yoritib nazariy va amaliy usullarni uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi bilimlar bilan boʻlishishdir.
Ilmiy-amaliy seminarda Sotsiologiya taʼlimining amaliy jihatlari: Oʻzbekiston Milliy universiteti va respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi “Ijtimoiy fikr” oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari, Mamlakatni rivojlantirish strategiyasida jamoatchilik fikrini oʻrganish, Tadqiqotni qayerdan boshlash kerak, tadqiqot soʻrovnomalarini ishlab chiqish, tadqiqot namunasini ishlab chiqishda: nimaga eʼtibor berish kerak, maʼlumotlarni kiritishni tashkil etish, natijalarni qayta ishlash, analitik hujjatlarni tayyorlash kabi mavzularda seminar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Seminar soʻngida Markaz faoliyati haqida video taqdimot qilinishi dasturga kiritilgan.