20

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA STAJIROVKA AMALGA OSHIRILMOQDA

Joriy yilning 18-aprelidan 16-mayiga qadar “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi matbuot xizmati rahbari Axmedova Dildora Olimjonovna Recep Tayyip Erdoğan Universitetida stajirovka o‘tamoqda.

Mazkur stajirovka davomida Turkiya oliy ta’lim tizimi tajribasi, xususan, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlar, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot metodologiyasi o‘rganilmoqda.

Shuningdek, stajirovka doirasida turk talabalari uchun ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, o‘zaro tajriba almashinuvi ta’minlanmoqda.

Mazkur jarayon xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy salohiyatni oshirish hamda istiqbolda qo‘shma ta’lim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun muhim zamin yaratmoqda.