136

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi “ Oʻzbekiston yoshlari — 2024: qadriyatlar, muammolar va kutuvlari haqida” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi.

Mazkur jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishdan maqsad mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlatimiz tomonidan yoshlarni qoʻllab quvvatlash haqida keng jamoatchilikning xabardorlik darajasi, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning qaysi usuli samarali ekanligi shuningdek yoshlar oʻz imkoniyatlarini kengaytirishi uchun yana qanday sharoitlar kerakligi toʻgʻrisidagi aholining fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.