15.11.2025
8
“KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” DOIRASIDA DAVRA SUHBATI
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi hamda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, va Toshkent shahri IIBB rahbariyati vakillari hamkorligida 1–30 noyabr “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” munosabati bilan navbatdagi muhim davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida raqamli muhitda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, kiberhujumlar profilaktikasi, aholida raqamli gigiyena va kibermadaniyatni shakllantirishning dolzarb yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari zamonaviy kiberxavflar tabiatini, ularning jamiyat hayotiga ta’sirini, shuningdek, yoshlar, xotin-qizlar va keng jamoatchilikni ogohlantirishga qaratilgan samarali kommunikatsion mexanizmlarni muhokama qildilar. Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan real voqealar, tahlillar va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur davra suhbati jamiyatda mas’uliyatli raqamli madaniyatni shakllantirish, fuqarolarni onlayn tahdidlardan himoya qilish va uzoq muddatli axborot xavfsizligi siyosatini kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.


