125

30 dekbr kuni Yoshlar ijod saroyida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi a’zolari ishtirokida Toshkent shahri va tumanlardagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda yoshlar bilan ishlash borasida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024 yilda yoshlarning muammosi va qiziqishini o‘rganish bo‘yicha mahallalarda xatlov ishlari hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yangicha yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.  Muloqot yakunida 2023 yil davomida faollik ko‘rsatgan 60 nafar yoshlar yetakchilari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mahallada yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi Boboev Sherzod Norqo‘zievichga “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borish uchun ishonch bildirdi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirladi.

«Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi jamoasi Boboev Sherzod Norqo‘zievichni samimiy tabriklab unga sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!