05.04.2026
9
Joriy yilning 27 mart kunidan 12 aprel kunlari “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida keng qamrovli sotsiologik tadqiqot amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini qamrab olgan.
Mazkur tadqiqot “Oʻzbekistonning rivojlanishi jamoatchilik baholari va kutilmalari nuqtai nazaridan” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, aholining islohotlarga munosabati, ijtimoiy kayfiyati va kelajakka oid kutilmalarini aniqlashga qaratilgan.
Mazkur tadqiqot jarayonida aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazilib, standartlashtirilgan soʻrovnomalar orqali turli ijtimoiy guruh vakillarining fikrlari qamrab olinmoqda.
Olingan maʼlumotlar jamoatchilik fikrini tahlil qilish, dolzarb masalalarni belgilash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Ayni paytda tadqiqot ishlari hududlarda faol tarzda davom etmoqda.





