19

DAVLAT GERBI - MILLIY G‘URUR VA DAVLATCHILIK TIMSOLI

2-iyul mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy sana sifatida nishonlanadi. 1992-yilning shu kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinib, Davlat gerbi mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va milliy davlatchiligining muqaddas ramzlaridan biri sifatida tasdiqlangan.

Davlat gerbi xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, tinchlik, mehnatsevarlik va farovonlikka intilishini o‘zida mujassam etgan. Undagi har bir ramz Vatanga sadoqat, milliy birlik hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu maqsadlarni ifoda etadi.

Davlat ramzlariga yuksak ehtirom ko‘rsatish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi, yurt taqdiri va kelajagiga daxldorlik hissining muhim ifodasidir.