08.05.2024
142
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaning 79 yilligi munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini, barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi.
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni eʼzozlash, azaliy qadriyatlarimiz hisoblanib, ushbu kunda yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat koʻrsatib fido boʻlgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etamiz zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.
Ulugʻ va tabarruk yoshlarga yetib, safimizda sogʻ-salomat, duogoʻy boʻlib yurgan faxriylarimiz nuroniylarimizga bugungi minnatdor avlod nomidan chuqur hurmat-eʼtiborimizni, mehr-muhabbatimizni izhor etamiz. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalqimiz orzu qilgan bugungi erkinligimiz uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor taʼzim aylaymiz.
Tinch, osuda va farovon diyorimizda, doimo tinchlik va barqarorlik hukm sursin, vatandoshlarimiz xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, dasturxonlariga fayzu baraka, oilaviy farovonlik tilaymiz.
Bugungi munavvar hayotimiz uchun jon fido qilgan barcha qahramonlarimiz xotirasi mangu barhayot boʻlsin!
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz doʻstlar!
“Ijtimoiy fikr”
respublika jamoatchilik
fikrini oʻrganish Markazi