16.05.2024
143
Toshkentda qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha mintaqaviy ekspertlar kengashi boʻlib oʻtdi
Joriy yil 14 may kuni Toshkent shahrida Qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Mazkur konferensiya Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Oila va ayollar masalalari qoʻmitasi, shuningdek BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markaz (MOPDMM), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Oʻzbekistondagi loyihalarni muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu kengash Mintaqaviy ekspertlar kengashi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 3-4 mart kunlari Toshkentda tashkil etilgan yuqori darajadagi “BMT global aksilterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi“ xalqaro konferensiyasida ilgari surilgan va xalqaro hamkorlar tomonidan keng koʻlamda qoʻllab-quvvatlanayotgan tashabbusi doirasida tashkillashtirilgan.
Mazkur tadbirda Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktorining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, PhD., V.S.Alekseeva ham ishtirok etdi.
Konferensiyada BMT Bosh kotibi oʻrinbosari –Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov, Bosh kotibning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, MOPDMM rahbari Kaxa Imnadze, BMT Xavfsizlik Kengashi Aksilterror qoʻmitasi Ijroiya direktorati rahbari vazifasini bajaruvchi Veysun Chen, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston delegatsiyalari rahbarlari nutq soʻzlashishdi.
Shuningdek ushbu tadbirda koʻplab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan MDH Aksilterror markazi, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, OHIChK Kotibiyati, IHT Parlamentlararo Ittifoqi, KXShT va BMT tuzilmalari, xususan Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi, Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi, Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasining yuqori darajali vakillari ishtiroki etishdi.
Tadbir doirasida “Repatriantlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilishga davlat va umumiy ijtimoiy yondashuvning ahamiyati“, “Mahalliy jamoalar va jamoat tashkilotlarining sohadagi oʻrni“ kabi muhim mavzularda olib borildi.