08.05.2025
5
Aziz yurtdoshlar! Sizlarni umummilliy xotira, fidokorlik va vatanparvarlik ramzi boʻlgan 9-May — Xotira va Qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Bu ulugʻ sana yurt ravnaqi, tinchlik, erkinlik uchun xizmat qilgan mard va jasur avlodning beqiyos jasorati, matonati va sabr-bardoshi timsolidir. Ular el-yurt, oila, ertangi avlodning tinch hayoti uchun oʻz jonlarini fido qilgan, hayotlarini bagʻishlagan siymolardir.
Bugungi kun — nafaqat tarixni yodga olish, balki har bir oilada, har bir qalbda vatanga sadoqat, tinchlikka ehtirom va milliy qadriyatlarni mustahkamlash kunidir.
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi jamoasi ushbu kunda mehnat va harbiy fidokorlik, insonparvarlik va yuksak masʼuliyat bilan xizmat qilgan barcha hamyurtlarimizning xotirasini chuqur hurmat bilan yod etib, ulardan ibrat olishni kelgusi avlodning maʼnaviy burchi, deb biladi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan tinchlikparvar siyosat, inson qadrini ustuvor qoʻygan taraqqiyot yoʻlida bugungi avlod masʼuliyati yuksakdir.
Xotira — ruhiy tayanch, qadrlash — fuqarolik burchi.
Barchangizga tinch va farovon hayot, oʻzaro hamjihatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy faoliyatingizga rivoj va ezgu maqsadlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
“Ijtimoiy fikr“
Respublika jamoatchilik
fikrini oʻrganish Markazi jamoasi!