34

Ramazon oyi – nafaqat roʻza tutish, balki ezgulik, mehr-muruvvat va birdamlik oyidir. Ramazon oyida oilaviy hamjihatlik, insoniy fazilatlar va yuksak qadriyatlar yanada mustahkamlanadi shuningdek, musulmonlar uchun ramazon inson qalbi va ruhiyatini poklash, yaxshilik qilish, gunohlardan tiyilish va maʼnaviy yuksalish oyidir. Shu sababli, musulmonlar bu oyni ulkan hurmat va intizorlik bilan kutib oladilar.

«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan “Fuqarolar ramazon oyi haqida” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi. Mazkur tadqiqot doirasida ramazon oyining jamiyat hayotida tutgan oʻrni va ahamiyatini aniqlash maqsad qilib olingan.

Ushbu sotsiologik soʻrov orqali aholining Ramazon oyiga boʻlgan shaxsiy munosabati, uning kundalik hayotga taʼsiri hamda yurtdoshlarimiz uchun ramazon oyining qaysi anʼanalari eng muhimi toʻgʻrisidagi fikr mulohazalarini oʻrganish, hamda ramazon insonlarni xulq-atvoriga qanday taʼsir oʻtkazishi yurtdoshlarimizning ramazon oyida xayriya ishlarini qanchalik amalga oshirishlarini tahlil qilishdan iborat.