149

Joriy yilning 15 may kuni  “Oila va gender“ ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Xalqaro Oila kunining 30 yilligi“ munosabati bilan “Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: farovon hayot, taʼlim va barqaror kelajak“ mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur davra suhbatida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi matbuot xizmati rahbari Dildora Axmedova ham ishtirok etdi.

Davra suhbatida respublikamizning nufuzli tashkilot va markazlari ishtirok etishdi. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Mahkamova Zulayho Baxriddinovna, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA)ning Oʻzbekiston doimiy vakili Nigina Abaszada, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari Artikova Svetlana Baymirzayevna, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Dilshod Rajab kirish soʻzi bilan ishtirok etishdi.

Davra suhbatining 100 dan ortiq ishtirokchilariga “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida tayyorlangan oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qoʻllanma va risolalar hamda “Baxtli va mustahkam oila timsoli” mavzusidagi oʻtkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari taqdim etildi. Xalqaro Oila kuni munosabati bilan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.