117

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida respublikamizdagi tashkilot, korxona vakillari va universitet bitiruvchi yosh mutaxassislar, talabalar oʻrtasida jonli muloqot tarzida, mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish hamda talabalarning bandligini taʼminlash maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Respublikamizdagi 100 dan ortiq katta va nufuzli ish beruvchi tashkilot va korxonalar oʻzlarida mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini bitiruvchi talabalarga tegishli tarmoqlar va mutaxassisliklar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etdilar.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi ham ushbu tadbirda ishtirok etib, talabalarning oʻqish davomida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, kasbiy, ilmiy faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun oʻz boʻsh ish oʻrinlarini taqdim etdi hamda talabalarni  ish yuzasidan qiziqtirgan savollariga toʻliq javob berib ular bilan maʼlumot almashinildi.

Shuningdek, “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi va Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻrtasidagi amaliyotchi-talabalar bilan rejali-tashkiliy ishlar yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatilgan.

Bugungi kunda Markazda universitetning “Sotsiologiya“ mutaxassisiligi talabalari ishlab chiqarish amaliyotini oʻtamoqdalar, ularning koʻpchiligi Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan  ilmiy-tadqiqot loyihalarida koʻngillilar sifatida ishtirok etmoqdalar ayrimlari intervyuer, tahlilchi, kichik ilmiy xodim, tadqiqotchi lavozimlarida oʻz mehnat faoliyatlarini yuritishmoqda.