08.04.2024
121
Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktorining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, PhD., V.S.Alekseeva Turkiya respublikasi Istanbul shahridagi Marmara universitetiga oʻzaro tajriba almashinish uchun xizmat safariga borib keldi.
Ushbu safar davomida V.S.Alekseeva Turkiya respublikasi Istanbul shahridagi Marmara universiteti sotsiologiya fanlari professori Nuri Tinaz bilan uchrashishdi.
Professor Nuri Tinaz va uning jamoasi mehmonlarni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirib, Turkiya davlatidagi taʼlim tizimi, Turkiyada olib borilayotgan sotsiologik tadqiqotlar, inklyuziv taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, ushbu sohadagi yangiliklar hamda kutilayotgan istiqbollar haqida suhbatlashishdi.
V.S.Alekseeva markaz faoliyati, olib borilayotgan asosiy tadqiqotlari, Oʻzbekistondagi ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish texnologiyalari toʻgʻrisida tushuntirib berdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar oʻrnatilishi, memorandum imzolanishi va qoʻshma sotsiologik tadqiqotlarning keyingi istiqbollari haqida kelishildi va takliflar berildi.