161

Joriy yilning 23 may kuni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazida Yetakchi tashkilot sifatida “Ijtimoiy transformatsiya sharoitida yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvi (Qoraqalpogʻiston respublikasi misolida) mavzusida, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ((PhD) dissertatsiya ishi ilmiy muhokamadan oʻtkazildi.

Mazkur ilmiy muhokamada, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi ilmiy kengash jamoasi dissertatsiya mavzusini keng muhokamadan oʻtkazib, Oʻzbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti izlanuvchisi Berdimuratov Marat Esemuratovich tomonidan tayyorlangan Ijtimoiy transformatsiya sharoitida yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvi (Qoraqalpogʻiston respublikasi misolida) mavzusidagi, 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi tarixi: Sotsiologik tadqiqot usullari ixtisosligi boʻyicha, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ((PhD) dissertatsiya ishini himoya qilishga tavsiya etildi.