07.12.2023
143
Bayram tabrigi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami munosabati bilan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi barchangizni qizgʻin muborakbod etadi!
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, koʻp millatli jonajon Oʻzbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini taʼminlashni maqsad qilgan holda, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish yoʻlida mustahkam huquqiy poydevor boʻlib kelayotgan Asosiy qonunimizning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mavqeyini eʼtirof etib, har birimiz chuqur aql-idrok, yuksak siyosiy-huquqiy ong, bevosita daxldorlik hissi va zamonga hamnafas boʻlgan holda ajdodlarimizdan qolgan boy maʼnaviy meros va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlodga mehr bilan oʻrgatish konstitutsiyamizni sharaf bilan ulugʻlash unga toʻlaqonli masʼuliyat bilan amal qilish har birimizning yuksak fuqarolik burchimizdir.
Bugungi masʼuliyatli damlarda Oʻzbekiston xalqining oʻzaro hamjihatlik va birdamlikda boʻlishi Konstitutsiyaga va qonunlarga hurmat bilan, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib, inson qadri va xalq manfaatini amalda taʼminlash har bir fuqaroning hayot va faoliyat tarziga aylanmogʻi kerak.
Mamlakatimiz hayotidagi ulugʻ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotda yuksak zafarlar tilaymiz. Yurtimizni doimo tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin!
“Ijtimoiy fikr” respublika
jamoatchilik fikrini
oʻrganish Markazi