17.02.2025
22
Ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish, jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir tahlil va tadqiqotlarni kuchaytirish xamda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro muloqotni rivojlantirish maqsadida “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik davlat va jamiyat oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni chuqur tahlil qilish, hamkorlikda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish, mutaxassislarni malakasini oshirish, ilmiy anjumanlar va davra suhbatlarini olib borish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish natijalari asosida strategik tavsiyalar ishlab chiqish, xavfsizlikni mustahkamlash va davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent V.S.Alekseeva hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha prorektor, yuridik fanlari doktori professor Sh.X.Zulfikorov, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, kursant-tinglovchilar ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbir yakunida Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Mazkur tuzilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum har ikki tomon faoliyati uchun yangi davrni boshlab beradi.