03.03.2026
8
Joriy yilning 2 mart kunidan boshlab «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan «Ayollar oʻzi haqida: holati, umidlar va istiqbollar» mavzusida respublika miqyosida keng qamrovli sotsiologik tadqiqot oʻtkazilishi boshlandi.
Mazkur tadqiqot oʻtkazishdan maqsad mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy maqomi, iqtisodiy faolligi, oilaviy va kasbiy rollari, qadriyatlar tizimi hamda kelajakka nisbatan ijtimoiy intilishlarini ilmiy asosda kompleks oʻrganishdan iborat.
Tadqiqot xotin-qizlarning subyektiv baholari orqali jamiyatda shakllanayotgan gender munosabatlar dinamikasini, ijtimoiy tenglik darajasini va imkoniyatlar muhitini tahlil qilishga qaratilgan. Bu jarayonda faqat fikrlar emas, balki qaror qabul qilishdagi ishtirok, iqtisodiy mustaqillik, taʼlim va mansab istiqboliga boʻlgan munosabat kabi amaliy koʻrsatkichlar oʻrganiladi.
Tadqiqot doirasida fuqarolardan xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrniga berilgan umumiy bahoni aniqlash, gender tengligi va real imkoniyatlar muhitining holatini tahlil qilib xotin-qizlarning ish bilan bandlik shakllari, daromad manbalari va mehnat bozoridagi ishtirok darajasini baholashdan iborat.
Shuningdek, mamlakatimiz aholisining ish va oilaviy majburiyatlar oʻrtasidagi muvozanat masalasini tahlil qilib, ayollarning kasbiy oʻsish va taʼlim olishga boʻlgan intilishini baholash. Shuningdek, tadbirkorlikka qiziqish va oʻz biznesini boshlash imkoniyatlari, hamda xotin-qizlarning turmush darajasi uni oshirishga xizmat qiluvchi omillar va xotin-qizlarni eng koʻp tashvishga solayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy muammolar haqida fuqarolarning fikr mulohazalarini oʻrganishdan iborat.
Ushbu tadqiqot ayollarning ijtimoiy faolligi va ichki salohiyatini rivojlantirish masalasini faqat individual emas, balki institutsional va tizimli yondashuv nuqtai nazaridan tahlil qilishga qaratilgan muhim ijtimoiy-ilmiy tashabbus hisoblanadi.


