29.04.2025
13
Joriy yilning 26–27 aprel kunlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi xodimlar hamda “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi xodimlari hamkorlikda tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ichki turizmni rivojlantirishga oid PQ–187-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizdagi tarixiy merosni oʻrganish, maʼnaviy tafakkurni boyitish va xodimlar oʻrtasida ijobiy muhitni mustahkamlash maqsadida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga maʼnaviy-maʼrifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqandning quyidagi tarixiy yodgorliklari bilan yaqindan tanishdilar:
Registon maydoni — dunyo miqyosidagi benazir arxitektura ansambli;
Bibixonim masjidi — Temuriylar davrida qurilgan moʻjaz meʼmorchilik namunasi;
Shohi Zinda majmuasi — Islom madaniyati va meʼmorchiligi yodgorliklari majmuasi;
Hazrati Xizr masjidi — Samarqanddagi eng qadimiy va muqaddas masjidlardan biri;
Goʻri Amir maqbarasi — Amir Temur va uning avlodlari oromgohi;
Ulugʻbek rasadxonasi — dunyo astronomiyasida muhim oʻrin tutadigan ilmiy yodgorlik;
Afrosiyob arxeologik yodgorliklar majmuasi — Samarqandning ilk tarixiy davrlariga oid topilmalar.
Taʼlimiy va maʼrifiy sayohat jarayonida ishtirokchilar xalqimizning boy madaniy merosi, tarixiy tafakkuri va milliy iftixor tuygʻusini yanada chuqur anglash imkoniga ega boʻldilar.
Bunday tadbirlar xodimlarning maʼnaviy yuksalishi, yoshlarning tarixiy merosga boʻlgan hurmatini mustahkamlash va vatanparvarlik ruhini oshirishda muhim oʻrin tutadi.