25

2026 yilning 28 yanvar kuni “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazida taʼsischilar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Majlisda Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi “Sotsiologik tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida 2025 yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Oʻtgan yil davomida oʻtkazilgan keng koʻlamli ijtimoiy soʻrovlar, tahlillar va jamoatchilik fikrini oʻrganishdagi yangi yondashuvlar alohida taʼkidlandi.

Muhokamalar jarayonida erishilgan natijalarga baho berildi hamda kelgusidagi vazifalar aniq belgilab olindi.

Shuningdek, taʼsischilar tomonidan Markazning 2026 yilga moʻljallangan ish rejasi muhokama qilinib, taklif va fikrlar asosida tasdiqlandi.

Yigʻilish Markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan muhim qarorlar bilan yakunlandi.