38

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi.

Mazkur jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishdan maqsad fuqarolarning gender tenglik tushunchasi haqidagi qarashi va mamlakatimizda xotin-qizlar oʻz haq-huquqlari toʻgʻrisidagi xabardorlik darajasi qay holatda ekanligini  oʻrganish. Yurtdoshlarimiz oʻz kundalik hayoti davomida gender tengsizlik holatiga qanchalik duch kelishlari, mamlakatimizda qaysi sohalarda gender tengsizlik kuzatilishi, fuqarolar fikricha gender tengsizlik kelib chiqishining asosiy sababi nimadaligi shuningdek, oxirgi 5 yil ichida gender tenglik masalasi qanchalik rivojlanganligi va bugungi kunda qay darajada ekanligi kabi savollarga aholining fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.

Fuqarolarning, oilalarda ayollarga nisbatan zoʻravonlik muammosining qanchalik jiddiyligi, zoʻravonlikning qanday turlari mamlakatimizda koʻp uchrashi, erkakning ayollarga qoʻl koʻtarishi-zoʻravonlik qilishi holatlarida kim aybdorligi, jamiyatimiz mazkur muammoni ochiq gapirishga qanchalik tayyorligi shu bilan birga oilaviy zoʻravonlik natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar, jamiyatimizda zoʻravonlikning oldini olish uchun yordam berishga fuqarolarning tayyorlik darajasini aniqlashga qaratilgan.