12

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi barcha yurtdoshlarimizni 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklaydi. Biz Vatan mudofaasi va xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan barchani: harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlaridan tortib, yurtimiz ravnaqi uchun sidqidildan hissa qo‘shayotgan turli soha mutaxassislarini chin dildan qutlaymiz.

Vatanimiz sarhadlarini himoya qilayotgan, mas’uliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan mamlakatimizning mard-jasur o‘g‘lonlariga chuqur hurmat va minnatdorlik bildiramiz. Sizning xalqqa fidokorona xizmatingiz, davlat manfaatlariga chuqur sadoqatingiz va mehnatingizga vijdonan munosabatingiz O‘zbekistonning barqarorlik, bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlashiga xizmat qilmoqda.

Ushbu muhim kunda sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Xonadonlaringizda hamisha totuvlik va osoyishtalik hukm sursin, Vatanimiz obod va farovon bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!