10

Xushxabar! Bugun jamoamiz hayotida quvonchli va ahamiyatli voqea yuz berdi.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi jamoasi nomidan markazimiz xodimi Ulbusin Abduaxatovnani yuksak davlat eʼtirofi “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizning halol mehnatingiz, yuksak masʼuliyat va fidoyilik bilan olib borayotgan samarali faoliyatingiz, jamoa hamda jamiyat rivojiga qoʻshayotgan munosib hissangiz munosib eʼtirof etilgani barchamiz uchun katta quvonch va iftixor manbaidir.

Sizning koʻp yillik mehnat tajribangiz, professionallik, tashabbuskorlik va yuksak fuqarolik pozitsiyasiga asoslangan faoliyatingiz markazimiz jamoasi uchun doimo ibrat boʻlib kelmoqda. Mazkur yuksak mukofot Sizning samarali mehnatingiz, jamiyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz va yurtimizda ayollarning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini taʼminlash yoʻlidagi xizmatlaringizning munosib eʼtirofidir.

Sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, yuksak kayfiyat va masʼuliyatli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz. Kelgusida ham yurtimiz taraqqiyoti, jamoatchilik fikrini oʻrganish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish yoʻlidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh boʻlishini tilab qolamiz.

                                        Hurmat bilan, “Ijtimoiy fikr” respublika

jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi jamoasi!