178

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

ShHT Forumi 2006 yilda tashkil etilgan boʻlib, koʻp tomonlama konsalting, ekspert va tadqiqotlar tuzilmasidan iborat boʻlib, ShHT faoliyatini ilmiy taʼminlashning avtonom mexanizmi hisoblanadi. Shuningdek ushbu forum yigʻilishi har yili bir marta ShHTga aʼzo davlatlar milliy tadqiqot markazlari ishtirokida oʻtkaziladi.

Mazkur forumda 40 dan ortiq ekspert, jumladan aʼzo davlatlar milliy tadqiqot markazlari delegatsiyalari, kuzatuvchi davlatlar ekspertlari va muloqot boʻyicha hamkorlar, shuningdek ShHT Kotibiyati va MATT Ijroiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etdi.

Xususan, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro muammolar akademiyasi, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy strategik tashabbuslar instituti, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti, Sharqiy Osiyo tadqiqotlari markazi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi SHHT MGIMO, Yevroatlantika Xavfsizlik markazi, Xalqaro ishlar boʻyicha Hindiston kengashi va boshqa tuzilmalar direktorlari ishtirok etishmoqda.

Ushbu tadbirda Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktorining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD., V.S.Alekseeva ham ishtirok etdi.