121

BAYRAM TABRIGI

 

«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi barcha yurtdoshlarimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan  samimiy tabriklaydi! Xalqimiz asrlar davomida buyuk diniy qadriyat, saxovat va mehr-oqibat ramzi sifatida eʼzozlab kelayotgan bu qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

Qalblarimiz quvonchga va dillarimiz ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda yurtdoshlarimizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik va farovonlik, xonadonlariga fayzu baraka, dasturxonlariga to‘kin-sochinlik tilaymiz.

Ramazon hayiti dunyo ahlini o‘zaro do‘st va birodar bo‘lib, tinchlik-totuvlik va hamjihatlikda yashashga daʼvat etadi. Shunday ekan, mamlakatdagi millatlararo hamjihatligimiz barqaror bo‘lsin, yurtimizdagi tinchlik-farovonlikka ko‘z tegmasin! Zahmatkash xalqimizning hayoti yanada farovon va mamlakatimiz istiqboli nurafshon bo‘lsin!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

 

                                                                       “Ijtimoiy fikr” respublika

                                                                            jamoatchilik fikrini

                                                                            o‘rganish Markazi