16.09.2024
101
«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi “O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: usullar, nazariya va amaliyot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar bazasida “Akademik Ra’no Ubaydullaeva nomidagi sotsiologik o‘qishlar”ning ...... mashg‘uloti doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari: qadriyat yo‘nalishlari va o‘zini namoyon qilish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy maqolalar to‘plamini nashr etish rejalashtirilayotganligini ma’lum qiladi.
Ilmiy maqolalarning asosiy yo‘nalishlari:
- Yoshlar va globallashuv davrida qadriyatlarning o‘zgarishi;
- Yoshlar va ta’lim: dolzarb muammolar va yechimlarni izlash;
- Yoshlar muammolari: ishsizlik, ta’lim, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siri;
- Yoshlarning axborot jamiyatidagi o‘rni: istiqbol va innovatsiyalar.
To‘plamda o‘z maqolalari bilan ishtirok etishga tadqiqotchilar, olimlar, OTM professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, izlanuvchilar, magistrlar taklif etiladilar.
Maqolani rasmiylashtirish uchun talablar:
Tashkiliy qo‘mita to‘plamda nashr etish uchun muallifning (yoki mualliflarning) “Yangi O‘zbekiston yoshlari: qadriyat yo‘nalishlari va o‘zini namoyon qilish istiqbollari” mavzusiga mos, ilgari nashr etilmagan ilmiy maqolalarini o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qiladi.
- Maqolalar elektron ko‘rinishda taqdim etiladi: MS WORD muharrir matnida, A4 formatida, asosiy shrift - Times New Roman, kegl – 14, qatorlar oralig‘i – 1,15, matn eni bilan tekislanadi; xatboshi – 1,25 sm, barcha hoshiyalar - 2 smdan. Sahifalar raqamlanmaydi. Maqola hajmi 7 betdan kam va 10 betdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
- Maqolaning tarkibida quyidagilar bo‘lishi shart: o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi (50ta so‘zgacha) annotatsiya, (20ta so‘zgacha) kalit so‘zlar, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
- Muallifning (mualliflarning) F.I.Sh. ishtirok etish tilida (kichik harflarda, qora shriftda, o‘ng tomonga tekislanadi);
- ilmiy daraja, ilmiy unvon, lavozim (o‘ng tomonga tekislanadi);
- pastdagi qatorda – tashkilotning to‘liq nomi (e-mail:);
- maqolaning nomi ishtirok etish tilida (bosh harflarda, qora shriftda, o‘rtaga tekislanadi).
Bir qatordan so‘ng maqolaning asl matni joylashtiriladi.
- Jadval va rasmlar o‘zining nomiga va (arab raqamlaridagi) tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak.
Maqolada taqdim etilgan jadval va rasmlarda foydalanilgan manba jadval va rasmlarning tagida ko‘rsatilishi lozim.
Misol uchun: “Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining jadvali, “O‘zbekiston Respublikasining demografik holati” statistik to‘plami. 2020 yil yanvar-dekabr”. Toshkent, 2021, 96-121-betlar.
- Manba va havolalar maqola so‘nggida keltiriladi. Ular alifbo tartibida emas, balki matnda taqdim etilgan tartibda, shuningdek, betlarini ko‘rsatgan holda ro‘yxatga kiritiladi.
Misol uchun: Rashidov M.K. “Erkin iqtisodiy zonani tashkil etishning huquqiy ta’minoti tahlili”.// “Servis” ilmiy-amaliy jurnali. – Toshkent, 2019. 2-son. 143-146-betlar.
- Maqolalar barcha talablarga rioya qilingan holda sinchiklab tahrir qilingan bo‘lishi kerak. Rasmiylashtirish talablariga mos kelmaydigan va belgilangan muddatdan kech taqdim etilgan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita mos kelmagan maqolalarni nashr qilishni rad etish huquqiga ega.
Maqolalar (“Sotsiologik o‘qishlar” belgisi bilan) nlita@yandex.com elektron pochta manzilida yoki 90 186-78-73 raqami bilan Telegramda 2024 yilning 20 oktyab kunigacha qabul qilinadi.