16

“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi barcha yurtdoshlarimizni 2026-Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbot etadi.

Yakuniga yetayotgan yil mamlakatimiz hayotida ochiqlik, muloqot va jamoatchilik ishtirokining ahamiyati yanada oshgan davr sifatida eslanadi. Islohotlar kundalik hayotga yaqinlashdi, fuqarolar fikri esa qaror qabul qilish jarayonlarida muhim manbaga aylandi.

Yurtimiz boʻylab yangilangan bayram bezaklari, madaniy dasturlar va oila davrasidagi samimiy uchrashuvlar xalqimizda umid va ishonch tuygʻusini kuchaytirmoqda. Bu kayfiyat jamiyatda birdamlik va masʼuliyat hissini yanada mustahkamlaydi.

Markaz oʻz faoliyatida jamoatchilik kayfiyatini chuqur oʻrganish, xolis tahlil tayyorlash va fuqarolar ovoziga tayangan takliflarni ishlab chiqishni izchil davom ettiradi. Biz uchun har bir fuqaroning fikri dolzarb masalalarga amaliy yechim topishda muhim asosdir.

Yangi yil rejalarni aniq belgilash va natijaga qaratilgan ishlarni davom ettirish imkoniyatidir. Faol ishtirok, ochiq muloqot va konstruktiv takliflar yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

2026 yil har bir xonadonga tinchlik, farovonlik va ishonch olib kelsin. Yurtimizda hamjihatlik, mehr-oqibat va yangilanish ruhi yanada mustahkam boʻlishini tilaymiz.

Yangi yil muborak aziz yurtdoshlar,

“Ijtimoiy fikr” Respublika

jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi