22.04.2025
27
«Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan “Aholining nodavlat notijorat tashkilotlarini idrok qilishi va ular bilan oʻzaro hamjihatligi” mavzusida sotsiologik soʻrov oʻtkazish boshlandi.
Ushbu tadqiqot aholining nodavlat notijorat tashkilotlari haqidagi xabardorlik darajasini, ularga boʻlgan ishonchni, hamkorlik munosabatlarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyatda tutgan oʻrni haqidagi fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.
Soʻrovnoma doirasida respondentlarga nodavlat notijorat tashkilotlari haqidagi umumiy tushunchalar, ularning faoliyat yoʻnalishlari, jamiyatga taʼsiri, fuqarolarning shaxsiy tajribasi va kelgusidagi ishtirok imkoniyatlari kabi bir qator muhim savollar yuboriladi.
Mazkur tadqiqot jamoatchilik ongida nodavlat notijorat tashkilotlariga nisbatan munosabatni chuqur oʻrganish, fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, shuningdek, davlat va jamiyat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida oʻta muhim ahamiyat kasb etadi.