6

RAMAZON HAYITI AYYoMI MUBORAK BOʻLSIN!

Hurmatli vatandoshlar! “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi jamoasi nomidan Sizlarni muborak Ramazon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ramazon hayiti — jamiyat maʼnaviy hayotida alohida oʻrin tutadigan, insonparvarlik, bagʻrikenglik va ijtimoiy hamjihatlik kabi qadriyatlarni mustahkamlaydigan ulugʻ ayyomdir. Ushbu muborak kunlarda aholi oʻrtasida oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamdardlik muhiti yanada kuchayadi, bu esa jamiyat barqarorligi va ijtimoiy uygʻunlikning muhim omili sifatida namoyon boʻladi.

Jamoatchilik fikrini oʻrganish amaliyoti shuni koʻrsatmoqdaki, aynan shunday maʼnaviy yuksalish davrlarida fuqarolarning ijtimoiy faolligi, birdamlikka intilishi va jamiyatda kechayotgan oʻzgarishlarga daxldorlik hissi ortib boradi. Bu esa mamlakat taraqqiyotida inson omilining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Markaz faoliyatida ham inson manfaatlari, uning fikri va munosabatini chuqur oʻrganish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, hayit ayyomida qaror topayotgan ezgu qadriyatlar — ishonch, ochiqlik va hamjihatlik muhiti jamoatchilik fikrini shakllantirishda mustahkam ijtimoiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Aziz hamyurtlar sizlarga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilaymiz. Har bir oilada mehr-oqibat, baraka va ezgulik hukm surishini tilaymiz.

Muborak Ramazon hayiti ayyomi barchamizga qutlugʻ boʻlsin!