12.03.2026
11
OʻZBEKISTONNING TOP-20 “AQL MARKAZLARI” REYTINGIDA “IJTIMOIY FIKR” RESPUBLIKA JAMOATCHILIK FIKRINI OʻRGANISH MARKAZI
2025-yil yakunlari boʻyicha “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan eʼlon qilingan tahliliy reytingda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakchi ilmiy-tahliliy institutlar qatorida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi ham munosib oʻrin egalladi.
Mazkur reyting mamlakatdagi “aql markazlari”ning ilmiy-tahliliy salohiyati, jamoatchilik bilan muloqot darajasi va axborot maydonidagi faolligi kabi qator mezonlar asosida shakllantirildi. Tahlil jarayonida SimilarWeb va Semrush kabi xalqaro veb-tahlil platformalari maʼlumotlari, Google va Yandex indekslari hamda ochiq axborot manbalari tahlil qilindi.
Reyting natijalariga koʻra, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi jamoatchilik fikrini oʻrganish, ijtimoiy soʻrovlar tashkil etish va mamlakatdagi ijtimoiy jarayonlarning dinamikasini monitoring qilish yoʻnalishida faoliyat yurituvchi muhim tahliliy institutlardan biri sifatida eʼtirof etildi.
Markaz tomonidan jamoatchilik fikrini oʻrganishga qaratilgan tizimli sotsiologik tadqiqotlar, analitik materiallar va ekspert xulosalar mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash hamda ijtimoiy jarayonlarni ilmiy asosda tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Markaz faoliyati doirasida 115 dan ortiq tahliliy materiallar tayyorlangan, rasmiy veb-saytiga 42 000 dan ziyod tashrif amalga oshirilgan shuningdek, axborot maydonida 123 ta iqtibos keltirilgan.
Bu koʻrsatkichlar “Ijtimoiy fikr” markazining mamlakatda jamoatchilik fikrini oʻrganish, sotsiologik tahlillar oʻtkazish va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy asosda monitoring qilish borasidagi faoliyati izchil rivojlanib borayotganini koʻrsatadi.


