163

Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin aziz vatandoshlar!

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi barcha yurtdoshlarimizni muqaddas Qurbon hayit bayrami munosabati bilan muborakbod etadi! Dunyoda aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning shaʼni va qadr-qimmatini ulugʻlash kabi muqaddas tushunchalarni oʻzida aks ettirgan ushbu qutlugʻ ayyom barchamizga muborak boʻlsin!

Bayram munosabati bilan biz barcha vatandoshlarimizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat va farovonlik, xonadonlaringizga fayz baraka, dasturxonlaringizga toʻkin-sochinlik tilaymiz. Muqaddas Haj ziyoratini ado etayotgan vatandoshlarimizning safarlari bexatar boʻlib, ezgu amallarini Yaratganning oʻzi dargohida qabul aylasin!

Qurbon hayit ayyomi mamlakatimizda keng nishonlanadi, xalqimiz koʻtarinki ruhda va yaxshi kayfiyatda yaqinlaridan, yoshi ulugʻ qarindosh-urugʻlari xolidan xabar olib bolajonlarning koʻngillarini shod etishadi.

Shuningdek, oʻzaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabr qanoat va shukronalik singari insoniy fazilatlarni ulugʻlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot anʼanalari turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos maʼnaviy kuch boʻlib xizmat qilaversin!

Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

 

 

                                                            “Ijtimoiy fikr” respublika

                                                             jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi