14.05.2024
121
Joriy yilning 13 may kuni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazida Yetakchi tashkilot sifatida “Yangi Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlashning milliy xususiyatlari” mavzusida, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi ilmiy muhokamadan oʻtkazildi.
Mazkur ilmiy muhokamada, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi ilmiy kengash jamoasi ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi doktoranti Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi tomonidan tayyorlangan “Yangi Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlashning milliy xususiyatlari” mavzusidagi, 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari ixtisosligi boʻyicha, Sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qilishga tavsiya etildi.