30.03.2025
16
Aziz vatandoshlar!
Hurmatli yurtdoshlar Sizni barchamiz uchun aziz va muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoatchilik Fikrini Oʻrganish Markazi jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Ramazon hayiti yuksak maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarni, insonparvarlik va bagʻrikenglik, birdamlik va mehr-oqibat, saxovat va muruvvat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan ulugʻ ayyomdir. Asrlar davomida xalqimiz uchun bu ayyom dunyo va oxirat saodatini topishga, qalb va maʼnaviyat pokligiga, insonlarni oʻzaro ehtirom va hamjihatlikka chorlab kelayotgan muborak kun sifatida qadrlanib kelmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida xalqimizning yuksak maʼnaviy merosi, fuqarolik masʼuliyati va bagʻrikenglik madaniyati mamlakatimiz taraqqiyoti va barqaror rivojlanishida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Ramazon hayiti esa ana shu yuksak qadriyatlarni yanada mustahkamlashda va xalqimizning maʼnaviy hayotini boyitishda alohida oʻrin tutadi.
Shu ulugʻ va muborak ayyomda har bir yurtdoshimizga sogʻlik salomatlik, xonadonlariga tinchlik va osoyishtalik, oilalarimizga fayz-u baraka, muhabbat va samimiyat, farovon hayot tilaymiz!
Ramazon hayiti muborak boʻlsin!