25.04.2023
212
JONLI EFIR
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish masalalari mamlakatda ushbu ehtiyojmand toifaga mansub kishilarni barcha fuqarolar bilan teng ravishda teng huquq va imkoniyatlar bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
Mamlakatimizda bu yoʻnalishda keyingi yillarda institutsional va normativ-huquqiy baza sezilarli darajada mustahkamlandi. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha Idoralararo kengash faoliyat koʻrsatmoqda, u davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati vakillarining ushbu sohadagi saʼy-harakatlarini yagona platformada birlashtiradi. Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash jarayonida yangi bosqichni boshlab bergani alohida eʼtiborga molikdir.
“Dunyo boʻylab” telekanalining “Bevosita muloqot” dasturida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi direktorining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) V.S.Alekseyeva bilan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini konstitutsiyaviy mustahkamlash” mavzusida boʻlgan suhbatda yangilanayotgan Konstitutsiyaning yangi tahriri loyihasida mustahkamlangan ushbu jihatlar, kiritilayotgan yangiliklar toʻgʻrisida soʻz bordi va suhbatda u soʻnggi yillarda nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish borasida erishilgan yutuqlar, nogironligi boʻlgan shaxslarni tushunish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlariga munosabat jiddiy oʻzgarib borayotganini taʼkidladi.
Mamlakat Asosiy Qonuni loyihasida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ob’yektlardan va axborotdan teng ravishda foydalanish uchun barcha fuqarolarga teng shart-sharoitlar yaratilishi nazarda tutilmoqda.
VIDEOMATERIAL