06.06.2024
131
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi “Fuqarolar odam savdosi toʻgʻrisida: xabardorlik, sabablar va qarshi kurashish” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi.
Mazkur jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishning maqsadi fuqarolarning Odam savdosi jinoyat turi haqidagi xabardorlik darajasi, bugungi kunda mamlakatimizda odam savdosi muammosi qanday koʻrinishga egaligi, ommaviy axborot vositalari orqali odam savdosi toʻgʻrisida jamiyatni qay darajada xabardor etilayotganligi, kimlar koʻproq odam savdosidan jabr koʻrishadi, odam savdosidan jabrlanmaslik uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi toʻgʻrisidagi aholining fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.