29.11.2023
928
OʻZBEKISTONDAGI EKOLOGIK VAZIYAT: BAHOLAR, MUNOSABATLAR VA UMIDLAR
“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “Oʻzbekistondagi ekologik vaziyat: baholar, munosabatlar va umidlar” mavzusida sotsiologik soʻrov oʻtkazilishi boshlandi.
Ushbu soʻrov mamlakatdagi ekologik vaziyat, fuqarolarning baholari, munosabat va umidlari haqidagi jamoatchilik fikrini oʻrganishga qaratilgan boʻlib fuqarolarning ekologik holatni baholashi, ona tabiatimizni asrash ekologik vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha fikr-mulohazalarini bilishdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ekologiya masalasida “bugun bizning oldimizda turgan yana bir muhim masala – ekologik muammolar va suv tanqisligidir. Tarozining bir pallasida oʻsib borayotgan qurilishlar, ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi turgan boʻlsa, ikkinchi pallasida har birimiz uchun eng zarur boʻlgan suvni tejash, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va yer resurslaridan oqilona foydalanish masalasi turibdi”, deb taʼkidlagan.
Darhaqiqat atrof-muhitni muhofaza qilish, ona tabiatni asrash, turli ekologik muammolarni bartaraf etish har bir insonning oldidagi asosiy vazifasidir. fikr-mulohazalarini kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan ekologik vaziyat bu boradagi muammolarga jiddiy yondashib masʼuliyat bilan bartaraf etishni talab qiladi. Atrof-muhit obodligini saqlash, tabiatni muhofaza etishda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning masʼuliyatini oshirish juda muhimdir. Shuningdek Oʻzbekiston respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 49-moddasida har kim qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqiga ega, davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi deb belgilab qoʻyilgan.
Mamlakatimiz global ekologik xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha koʻp tomonlama saʼy-harakatlarda faol ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi joriy yil 1-2 dekabr kunlari Dubay shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasidagi Iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashish sohasidagi harakatlar boʻyicha jahon sammitida ishtirok etadi. Ushbu forumda dunyoning koʻplab mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishi koʻzda tutilgan boʻlib, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim boʻyicha strategiyalar va “yashil” energetikaga oʻtishni moliyalashtirish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirishda gʻoyat muhim ahamiyatga egadir.