21.05.2025
20
Joriy yilning 20–22 may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkazilgan an’anaviy “Karera kuni” tadbirlari zamonaviy ta’lim bilan mehnat bozori o‘rtasida samarali muloqot platformasiga aylandi. Ushbu tadbirlarda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi ham faol ishtirok etdi.
Universitetning Xalqaro munosabatlar, Xalqaro huquq, Xalqaro iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlarda markaz mutaxassislari tomonidan “Ijtimoiy fikr” markazidagi amaliyot va ish faoliyati imkoniyatlari, sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirishda innovatsion yondashuvlar, jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali ijtimoiy siyosatga ta’sir etish mexanizmlari haqida ma’lumot berishdi.
Tadbirda ishtirok etish markazga nafaqat iqtidorli bitiruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, balki, kelgusida ilmiy izlanishlarga qiziquvchi yosh kadrlarni aniqlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish imkonini ham berdi. Ushbu tashabbus davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida kadrlar almashinuvini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.