15

“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi jamoasi uchun katta iftixorli yangilik!

Markaz direktorining birinchi oʻrinbosari, hurmatli hamkasbimiz Alekseyeva Viktoriya Sergeyevna sotsiologiya fanlari doktori ilmiy dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, sotsiologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻldi.

Ushbu yuksak yutuq — uzoq yillik tinimsiz mehnat, ilmiy izlanishlarga sadoqat va fidokorona xizmat samarasidir. Viktoriya Sergeyevna oʻz tadqiqotlari orqali jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy jarayonlarni chuqur tahlil qilib, milliy sotsiologiya maktabi rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Shuningdek, uning ilmiy izlanishlari amaliyotda dolzarb yechimlarni topish va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

“Ijtimoiy fikr” markazi jamoasi Viktoriya Sergeyevnani ushbu munosib yutuq bilan chin qalbdan tabriklaydi. Sizga yangi ilmiy marralar, samarali izlanishlar va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissalar tilaymiz!