29.05.2024
135
«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi “1 iyun – Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni: xabardorlik va kutuvlar” mavzusida jamoatchilik fikri so‘rovini o‘tkazishni boshladi.
Ushbu jamoatchilik fikri so‘rovini o‘tkazishning maqsadi fuqarolarning 1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ekanligidan xabardorligi, hamyurtlarimiz bu bayramni qanday nishonlashlari, mamlakatimizda bolalarning huquqlari qay darajada taminlanganligi va himoya qilinishi shuningdek bolalarni qaysi huquqlari ustuvor hisoblanishi to‘g‘risidagi aholining fikr-mulohazalarini o‘rganishga qaratilgan.