30

“Internetdagi firibgarlik holatlari va fuqarolar xabardorligini aniqlash boʻyicha ilmiy tadqiqot”

Bugungi axborotlashgan raqamli taraqqiyot davrida internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari jamiyatimiz xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlikka jiddiy tahdid solmoqda. Ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, internet firibgarligi ham mahalliy, ham xalqaro miqyosda amalga oshishi mumkin boʻlib, unga qarshi samarali choralar koʻrish dolzarb masaladir.

“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi internetdagi firibgarlik mexanizmlari, ularni amalga oshirishdagi yangi usullar va fuqarolar xabardorligi darajasini ilmiy asosda tahlil qilish maqsadida sotsiologik tadqiqot oʻtkazishni boshladi.

Mazkur tadqiqotni oʻtkazishdan maqsad fuqarolarning internet firibgarligi haqidagi tushunchalari, internet firibgarligida duch kelgan holatlari hamda firibgarlarga uchragan vaziyatda kimga murojaat etganliklari haqidagi fikr mulohazalarini oʻrganish. Shuningdek, yurtdoshlarimiz internet firibgarliklaridan oʻzlarini ehtiyot choralari haqida maʼlumotlar olib tahlil qilishdan iborat.