5

Yangi yil – biz kutadigan eng quvonchli va ezgu bayram. U har bir yurakka orzular va yangi imkoniyatlar olib keladi, oʻtgan yilga minnatdorlik bildirib, kelajakka qadam qoʻyadigan kundir. Ushbu moʻjizaviy kunlar arafasida “Ijtimoiy fikr“ respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan “Fuqarolarning Yangi yil oldi kayfiyatlari“ mavzusida sotsiologik soʻrovnoma oʻtkazishni boshladi.

Mazkur tadqiqot oʻtkazishdan maqsad yurtdoshlarimizning Yangi yilni qanday kutish his-tuygʻularini, tayyorgarlik jarayonlarini va bayramni nishonlash rejalarini oʻrganishdan iboratdir. Shuningdek, yurtdoshlarimiz  yangi yil taʼtilini oʻtkazish rejasini, qanday sovgʻalar kutayotganligi va yaqinlari uchun qanday tuhfalar tayyorlayotganligi kabi savollarga javob olishdir. Mazkur soʻrovda mamlakatimizning barcha mintaqalarida istiqomat qilayotgan fuqarolar, erkaklar va ayollar, yoshlar, oʻrta va katta yosh toifalari vakillari, turli millat vakillari, turli faoliyat sohalarida band boʻlganlar ishtirok etadilar. Fuqarolarimizning fikr-mulohazalari  bayram anʼanalarini yanada boyitishda va kelgusi yil tadbirlarini rejalashtirishda bebaho ahamiyatga ega.