14

AYOLLAR OʻZI HAQIDA: AHVOL, UMIDLAR VA ISTIQBOLLAR

Globallashuv davrida ayollarning jamiyatdagi oʻrni va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qoʻshayotgan hissasi tobora ortib bormoqda. Ular davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, taʼlim, tibbiyot va tadbirkorlik sohalarida faol ishtirok etmoqda. Biroq mehnat bozoridagi raqobat, gender tengligi muammolari, ijtimoiy himoya va oilaviy majburiyatlarni birlashtirish kabi masalalar hali ham dolzarbligini saqlab qolmoqda

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan “Ayollar oʻzi haqida: ahvol, umidlar va istiqbollar” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi.

Tadqiqot doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy hayotiga taʼsir etuvchi turli omillarni qamrab oladi. Jumladan, ayollarning jamiyatdagi roli, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari, mehnat bozoridagi ishtiroki, ijtimoiy himoya va huquqiy kafolatlar, shuningdek, ular duch kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning hayot darajasini yaxshilash, kasbiy oʻsish va mansabda ilgarilash yoʻlidagi asosiy toʻsiqlar haqidagi fikr-mulohazalarning oʻrganishdan iborat.